+998 79 223-28-77
|

Direksiya faoliyati haqida

Navoiy viloyatida sanoat zonalarini samarali boshqarish, yangi quvvatlarni ishga tushirish va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlash.

Direksiya — viloyat hokimligi huzurida sanoat zonalari faoliyatini tezkor boshqarish, muhandislik tarmoqlarini muvofiqlashtirish va tadbirkorlik subyektlariga to'liq amaliy ko'maklashish uchun tashkil etilgan davlat muassasasidir.

Faoliyatimiz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan «Kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi nizom» hamda hokimlik tasdiqlagan ustav asosida yuritiladi.

Kichik sanoat zonasi — ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, chegaralari aniq belgilangan va xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmaga ega hudud qismidir. Bunday zonalar faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yer uchastkalari negizida tashkil etiladi.

Direksiya zona hududidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari bo‘yicha ijaraga beruvchi hamda bosh rejalarni ishlab chiqishda buyurtmachi sifatida ish yuritadi.

Direksiya faoliyati haqida

Asosiy maqsad va yo'nalishlar

Tarmoq ixtisoslashuviga mos yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish
Aholi bandligini ta'minlovchi yangi doimiy ish o'rinlarini yaratish
To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar va ilg'or texnologiyalarni jalb qilish
Eksportbop va import o'rnini bosuvchi energiya tejamkor ishlab chiqarish
Bo'sh yerlar va foydalanilmayotgan maydonlarni iqtisodiy aylanmaga kiritish

Faoliyat yo'nalishlari

Investitsiya loyihalarini shakllantirish va tashabbuskor investorlarni jalb etish
Sanoat zonalarida tezkor tashkiliy-boshqaruv faoliyatini amalga oshirish
Investorlar bilan uzoq muddatli ijara shartnomalari va investitsiya bitimlarini tuzish
Ma'muriy kengash ma'qullagan loyihalarni joylashtirish va ishtirokchilar reyestrini yuritish
Investitsiya majburiyatlari bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish
Muhandislik tarmoqlari va infratuzilmaga to'liq ulanishda amaliy yordam berish
Tadbirkorlarning ishlab chiqarish, huquqiy va infratuzilma masalalarini tezkor hal etish